Ukraina Rossiyaning yirik neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi (video)
Olam
−
11:39 550 1 daqiqa
Ukraina dronlari bugun, 9 noyabrga ötar keçasi Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Kirişi şahriga hujum qildi. Hujumdan söng Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri – “Kirişinefteorgsintez“da yonğin çiqdi. Bu haqda “Meduza“ xabar berdi.
Viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenkoning ma’lum qilişiça, 9 noyabrga ötar keçasi hududda 113 ta dron urib tuşirilgan. Şuningdek, Kirişi şahridagi sanoat hududiga dronlar kelib urilgan.
Dron parçalari Kirişi şahridagi xonadonlardan biriga, Vsevolojsk şahridagi köp qavatli uy tomiga tuşgan. Biroq gubernator boşqa tafsilotlarni oçiqlamagan.
“Astra” naşri Kirişi şahrida olingan videolarni tahlil qilib, “Surgutneftegaz“ kompaniyasiga qaraşli “Kirişinefteorgsintez“ zavodida yonğin çiqqanini yozgan. Uşbu korxona Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uçun, “Kirişinefteorgsintez“ Rossiya-Ukraina uruşi davomida bir neça bor dronlar hujumiga uçragan. 2026 yil may oyida ham hujumdan keyin zavod faoliyatini töxtatgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Adigeya Respublikasidagi Ozon internet-dökoniga tegişli logistika markaziga zarba bergan edi.