Istanbulda turkiy tilli davlatlar media forumi o‘tkaziladi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2021
3111Joriy yilning 22-24 oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo mamlakatlar ommaviy axborot vositalari va media xodimlari, tarixchi-sharqshunos olimlar, akademik va professorlar ishtirokida media-forum bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik soha mutaxassislari ham ishtirok etadi.
“Olis o‘tmish, kuchli kelajak” deb nom olgan forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, O‘zbekiston, Mojoriston va Shimoliy Kiprdan 350 dan ortiq media sohasi vakillari ishtirok etadi.
Forumda kinosanoati va ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, yolg‘on axborotlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.
Xalqaro forumda O‘zbekiston delegatsiyadan QALAMPIR.UZ internet nashri rahbari Qamariddin Shayxov ham ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan 2019 yil O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida QALAMPIR.UZ internet nashri asoschisi – jurnalist Qamariddin Shayxovga Turkiya tilli davlatlar hamkorlik kengashi huzuridagi TURKSOY Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti tomonidan “TURKSOY xalqaro media mukofoti” topshirildi.
LiveBarchasi