Turkiy kengash davlatlari Tashqi ishlar vazirlari bir davrada

Jamiyat

image

Kecha, 11 noyabr kuni Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 8-sammiti doirasida Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li mezbonlik qilgan yig‘ilishda Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov,  Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari,  Tashqi ishlar vaziri Muhtor Tileuberdi, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Qozoqboyev, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov,  Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov,  Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto,  Turkiy kengash Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev va Turkiy kengash Oqsoqollar kengashi Turkiya Respublikasi oqsoqoli Binali Yildirim,  shuningdek,  TURKPA,  TURKSOY,  Turk akademiyasi va Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidentlari ishtirok etdi. 

Tashqi ishlar vazirlari 12 noyabr kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashi majlisining kun tartibi va dasturini muhokama qildilar hamda davlat rahbarlari tomonidan imzolanadigan qarorlar, Sammit deklaratsiyasi loyihasi va Turkiy dunyo – 2040 istiqbol hujjatini ko‘rib chiqdilar. 

Vazirlar, shuningdek, a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashganlar. 
  
Uchrashuv yakunida tashqi ishlar vazirlari tomonidan quyidagi hujjatlar imzolangan: 
  
1.   Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi kotibiyatining Moliyaviy tamoyillari to‘g‘risidagi Bitimning a’zo davlatlarning majburiy badallari miqyosidagi protokoli;

2.   Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Oqsoqollar kengashi to‘g‘risidagi Nizom;

3.   Turk dunyosi shaharlariga ayrim maqomlar berish to‘g‘risidagi nizom.   


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing