Istanbulda qalbaki alkogoldan zaxarlanib, vafot etgan o‘zbekistonliklar soni oshdi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida qalbaki alkogoldan zaxarlanib, vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 4 nafarga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 15 yanvar kuni Bosh konsulxonaga to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining (barchasi erkak kishi) qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida vafot etgani bo‘yicha murojaatlar tushgan.  Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sog‘liqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

“Konsulxonamizning telefon raqamlari orqali kelib tushayotgan savollarga javob berilmoqda. Bosh konsulxona barcha fuqarolarimizni ehtiyot choralari ko‘rishga, shaxsiy xavfsizlikka rioya qilishga va zarur hollarda Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulda qalbaki alkogol iste’moli ortidan vafot etganlar soni 19 nafarga yetgani va ularning 6 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani xabar qilingan edi. Ushbu alkogol mahsulotlarini tayyorlashda gumonlanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul qalbaki alkogol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing