Istanbulda ham kuchli portlash yuz berdi. Qurbon bor (video)
Olam
−
28 Sentabr 2023 12627 2 daqiqa
Bugun, 28 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Habertürk” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa shaharning g‘arbiy qismidagi Shirinevler (Shirinuylar) tumanida sodir bo‘lgan. Binoning oxirgi beshinchi qavatidagi portlashga tabiiy gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Voqea joyidagi yong‘in nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Tibbiy yordam ko‘rsatish uchun voqea joyiga tez yordam mashinalari jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Tungi soat 02:43 da FVBga yong‘in xakida ma’lumot tushgan. Oradan 5 daqiqa o‘tib yong‘in-qutqaruv ekipaji hududga yetib borgan. Portlash oqibatida yaqin atrofdagi xonadonlar, savdo markazlari va “Quruvchilar” metro bekatiga shikast yetdi. 2006 yilda tug‘ilgan 11 sinf o‘quvchisi voqea joyida vafot etgan.
SSV portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etayotgani, Shundan jami 24 nafari shifoxonaga yotqizilgani, qolgan 138 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lgani uchun ularga uyiga javob berilganini ma’lum qildi. Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi "a” va ”b" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi