Isroilning Livanga bergan zarbalari qurbonlari soni 2,35 ming kishiga yetdi

Olam

image

2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroilning Livandagi zarbalari oqibatida 2350 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Isroil armiyasi mamlakatning ko‘plab hududlarida havo hujumlarini davom ettirmoqda. Hujum qurbonlaridan tashqari yana 10 906 kishi jarohat olgan. 100 ming kishi esa o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

Mamlakatning janubiy viloyatlaridan poytaxt Bayrut va shimolga ko‘chish to‘lqini davom etmoqda. Livan hukumati 430 mingdan ortiq aholining Suriyaga qochganini e’lon qildi.

\Ma’lumot uchun, 23 sentyabr kuni Isroil Livanda “Hizbulloh” kuchlariga qarshi “Shimolning o‘qlari” operatsiyasini boshlab yubordi va bu operatsiya davomida tashkilotning harbiy nishonlariga katta zarbalar berdi. 1 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil armiyasi Livan janubidagi chegara hududlarida quruqlikdagi operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Livan shimolidagi zarbasi 18 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi. Shuningdek, Isroilning Livan sharqidagi Baalbek shahriga uyushtirgan havo hujumida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangandi, ular orasida ayollar ham bor. Isroil Livanda quruqlikdagi operatsiyasini boshlaganidan beri kamida 14 askarini yo‘qotgani va 100 dan ortig‘i yaralangani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing