Isroilning Livanga hujumida kamida 100 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
23 Sentabr
4124Isroil havo kuchlarining Livan janubidagi aholi punktlariga zarbalari oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi, 400 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isroil Naquradagi turarjoyni nishonga olgan, qurbonlarni evakuatsiya qilish harakatlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Tir tumani, Naqura va eng g‘arbiy Zibqin qishlog‘i, Al-Xiyam shahrining turli hududlari, shuningdek, Taybeh, Dayr Seryan va Vodi al-Hujayr shaharlari hududiga zarbalar berilmoqda. Isroil bu hujumlar davomida “Hizbulloh”ning 300 ta nishoniga zarba bergani haqida xabar qilgan.
Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida bolalar, ayollar, shuningdek, qutqaruvchilar ham bor.
Livanning muvaqqat Bosh vaziri Najib Mikati bugun, 23 sentyabr kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Isroilning Livanga bo‘lgan tajovuzkorligini genotsid deb atadi. Shuningdek, u BMT va nufuzli davlatlarni adolat tarafida turishga hamda Livanga tajovuzni to‘xtatishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa vazirligi mamlakat harbiy-havo kuchlari Livandagi “Hizbulloh” harakati nishonlariga keng ko‘lamli zarbalar berayotgani haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi