Isroil yana Livan hududiga zarba berdi

Olam

image

Isroil harbiy-havo kuchlari ayni damda Livandagi “Hizbulloh” harakati nishonlariga keng ko‘lamli zarbalar bermoqda. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Assoaciated France Press” xabariga ko‘ra, Isroil harbiylari livanliklarni “Hizbulloh” xodimlari qurol saqlaydigan barcha binolarni zudlik bilan tark etishga chaqirgan.

Avvalroq, Isroil shimolida havo hujumi sirenalari yangragan edi. “Hizbulloh” Isroil hududi yangidan o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.

Isroil armiyasi bosh shtab rahbari Gerzi Halevi Livanga qarshi hujumlar shimoliy chegara hududlaridagi tinch aholining uylariga qaytishi uchun kelgusi kunlarda ham davom etishini aytdi.

“Agar “Hizbulloh” gapga tushunishni istamasa, ular anglab yetgunicha, biz ularni qayta-qayta o‘qqa tutamiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Shu bilan birga, Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi bosimni kuchaytirmoqda. Isroil harbiy-havo kuchlari blokadadagi qirg‘oq mintaqasining markaziy qismidagi qo‘mondonlik markaziga zarba berganini bildirdi. Isroil armiyasining ta’kidlashicha, zarbadan oldin tinch aholi qurbonlarini kamaytirish choralari ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanning “Hizbulloh” guruhi Hayfadan janubi-sharqda joylashgan Ramat-Devid aviabazasiga 120 dan ortiq Fadi 1 va Fadi 2 raketalarini uchirgandi. Isroil shoshilinch tibbiy yordam xizmatining xabar berishicha, Gaylning quyi qismidagi qishloqlardan birida raketa urib tushirilishi tufayli bir kishi yengil jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing