Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari 9 ming nafardan oshdi

Olam

image

Isroil tomonidan blokadadagi G‘azo sektoriga oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 265 kishiga ko‘payib, 9061 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri isroilliklarning eksklavdagi hujumlari qurbonlari orasida 3760 nafar bola va 2326 nafar ayol bor. Bundan tashqari, kamida 32 ming g‘azolik yaralangan.

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to‘foni operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. 

HAMASning aytishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. 

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. 

G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishlari va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8,5 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan falastinliklarning qariyb 70 foizi ayollar va bolalardir. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshdi. 

BMT Bosh Assambleyasi zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Shu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyutsiya uchun 120 davlat ovoz berdi. Biroq Isroil bu taklifni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

genotsid Isroil-Falastin G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing