Isroilliklarning yarmidan ko‘pi Netanyaxuning iste’foga chiqishini xohlaydi – OAV  

Olam

image

Isroilliklarning yarmidan ko‘pi G‘azo sektoridagi vaziyatdan kelib chiqib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Isroil televideniyesining 12-kanali o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga tayanib, xabar berdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 58 foizi hukumat rahbarining zudlik bilan iste’foga chiqishi tarafdori. 2022 yildagi so‘nggi saylovlarda hukmron koalitsiya tarkibiga kirgan partiyalarga ovoz berganlar orasidagi respondentlarning 28 foizi amaldagi Bosh vazirni lavozimidan chetlashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, respondentlarning 54 foizi mamlakatda muddatidan oldin saylov o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, so‘rovnoma ishtirokchilarining 48 foizi Mudofaa vaziri Yoav Galantning zudlik bilan iste’foga chiqishi g‘oyasini, 50 foizi Isroil armiyasi Bosh shtab boshlig‘i Gerzi Halevini ishdan bo‘shatishni qo‘llab-quvvatladi. Respondentlarning 56 foizi Bosh xavfsizlik xizmati (kontrrazvedka) rahbari Ronen Barni lavozimidan chetlatish tarafdori bo‘lgan.

12-kanalning bildirishicha, so‘rovnoma kecha, 30 aprel kuni onlayn va telefon orqali reprezentativ tanlama usulida o‘tkazilgan va unda 500 nafar respondent ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni kechqurun Isroilda ommaviy norozilik namoyishlarining yangi to‘lqini bo‘lib o‘tgandi. Eng yirik miting Tel-Avivdagi hukumat binolari majmuasi yaqinida bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing