Isroilga serqatnov bo‘lib qolgan Blinken yana Tel-Avivga bordi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga bordi. Bu uning Yaqin Sharqda mojaro avj olganidan beri yahudiy davlatiga to‘rtinchi tashrifidir. Bu haqda "Haaretz" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, amerikalik siyosatchining samolyoti Tel-Avivga qo‘ngan. Tashrif chog‘ida Blinken Isroil rasmiylari bilan "gumanitar pauza", HAMAS qo‘l ostidagi mahbuslarni ozod qilish va G‘azoga yordam masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safarini Isroildagi uchrashuvlari ortidan davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni HAMAS-Isroil o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar avj olgan bo‘lsa, oradan besh kun o‘tib, 12 oktyabrda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga borgandi. U Isroildan so‘ng Iordaniya, Qatar, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misrda ham bo‘ldi va ushbu davlatlarning rasmiylari bilan Isroil-Falastin masalasini muhokama qildi. Arab davlatlariga qilgan safaridan so‘ng, Entoni Blinken 16 oktyabr kuni Isroilga qaytib borgan. Oradan ko‘p o‘tmay, 3 noyabr kuni Blinken mojaro fonida uchinchi marta Isroilga borib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu, Prezident Isxaak Gersog va boshqa rasmiylar bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing