Isroildan ketayotgan rus mashhurlari, qoldirilayotgan konsertlar. Urush san’atga qanday ta’sir qilyapti?

Madaniyat-san’at

image

Isroilda qurolli to‘qnashuvlar fonida bir nechta konsertlar qoldirildi, rossiyalik san’atkorlar esa mamlakatni tark etmoqda. Xususan, Glyukoza taxallusi bilan tanilgan Rossiyalik pop-qo‘shiqchi Natalya Ionova oilasi bilan Isroilga yetib kelganida Hamasning hujumi boshlandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda Isroilga amerikalik mashhur qo‘shiqchi Bruno Marsning 7 oktyabr oqshomida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsertiga kelgan, ammo mamlakatda notinchlik boshlangan.

Glyukoza va uning oilasi Isroilning Tel-Aviv shahrida 2 kunni o‘tkazdi.  Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni ular mehmonxonaga yetib borganda sirena chalingan va barcha maxsus boshpanalarga yashiringan. Ular 8 oktyabr kuni yer ostidan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. 

“Sirena jiringladi va hamma pastga tushdi. Bolalar biroz qo‘rqib ketishdi, lekin umuman olganda hammasi yaxshi edi”, degan xonanda.

Shuningdek, qo‘shiqchi hozir shaharda hammasi joyida ekanligi, hayot o‘z maromiga tushayotgani, ammo ular qaytishga qaror qilganini aytgan.

“Ertaga uchun bilet oldik, bugunga yo‘q edi. Albatta, qaytishga qaror qildik. Shuning uchun biz mehmonxonadan kofe ichish uchun chiqdik, chunki kecha u yerda uzoq vaqt o‘tirdik. Ko‘chalarda hamma narsa tinch… Sekin-asta hayot o‘zgarib ketdi, ko‘chada odamlar sayr qilmoqda”, degan xonanda ijtimoiy tarmoqda.

Amerikalik qo‘shiqchining konserti esa bekor qilingan. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta rossiyalik musiqachilarning Isroildagi konsertlari ham jangovar harakatlar boshlanganidan keyin birin-ketin bekor qilingan. Xususan, 28 oktyabr kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “DDT” guruhining chiqishlari bekor qilindi. Bildirilishicha, bu qarorni, jamoa yetakchisi Yuriy Shevchuk qabul qilgan. 

Ammo guruhning rasmiy veb-sahifasiga hali konsert sanasini o‘zgartirish haqida hech qanday e’lon joylanmagan. Faqat bahor-yoz oylarida Rossiya shaharlarida 2023 yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan spektakllarning “noma’lum muddatga” qoldirilishi haqida ma’lumot bor. 

Eslatib o‘tamiz, Isroilga ko‘chib o‘tgan qo‘shiqchi Maksim Galkin urushda Isroil tomonni qo‘llab-quvvatlashi haqida ijtimoiy tarmoqda xabar berdi va tanqidiy izohlar ostida qoldi. Ba’zilar Galkin va uning rafiqasi Alla Pugachyova allaqachon boshqa davlatga qochib ketgan, deb taxmin qilmoqda.

Shuningdek, o‘zbekistonlik aktyor va qiziqchi Mirzabek Xolmedov va taniqli xonanda Xurshid Rasulov ayni hujum vaqtida Isroil davlatida bo‘lgan. Hozirda ularning sog‘ligi yaxshiligi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Maksim Galkin Mirzabek Xolmedov Natal'ya Ionova Glyukoza Bruno Mars Yuriy Shevchuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing