Isroilda Netanyaxuning AQSHga safari oldidan norozilik namoyishlari boshlandi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQSHga tashrifi oldidan minglab namoyishchilar Tel-Avivda uning hukumati siyosatiga qarshi haftalik mitingga to‘plandi. Bu haqda bir qancha ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Bu safargi Tel-Avivdagi norozilikning ramzi 1948 yildagi Mustaqillik Deklaratsiyasi bo‘lib, unda Isroil davlatining tashkil topishi e’lon qilingan va uning demokratik yahudiy davlati sifatida mavjudligining asosiy tamoyillari belgilab berilgan.

Minglab namoyishchilar Rotshild bulvaridan Kaplan ko‘chasigacha bu hujjatning bir necha o‘n metr uzunlikdagi ulkan nusxasi bilan yurishgan.

Tel-Avivdagi hukumat binolari majmuasi joylashgan norozilik zonasi transport harakati uchun butunlay to‘sib qo‘yilgan. Kaplan ko‘chasi va yaqin atrofdagi yo‘llar va chorrahalar namoyishchilar bilan to‘lgan. Voqea joyida politsiya va shifokorlar navbatchilik qilgan.

Namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar aytib, davlat bayroqlarini ko‘tarib olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning Tel-Aviv shahrida Eritreyadan kelgan qochqinlar ishtirokida yirik tartibsizlik yuz bergandi. Oqibatda 150 dan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing