Isroildagi tartibsizliklarda jarohatlanlanganlar soni 150 nafardan oshdi

Olam

image

Isroilning Tel-Aviv shahrida Eritreyadan kelgan qochqinlar ishtirokida yuz bergan katta tartibsizlik oqibatida 150 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakatning bir necha matbuotlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eritreyadan yuzlab odamlar o‘z mamlakatlari elchixonasi oldida namoyishga to‘plangan. Ular politsiya tomonidan o‘rnatilgan to‘siqlarni buzib o‘tgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid fonida qurol ishlatishga majbur bo‘lgan.

“Haaretz” gazetasining favqulodda vaziyatlar xodimlariga tayanib yozishicha, politsiya bilan to‘qnashuvda 3 kishi o‘qdan jarohat olgan. Tel-Avivdagi tartibsizliklar vaqtida jami 18 kishi jiddiy yaralangan. Klinikalardan biriga ko‘ra, u yerda 12 kishi boshidan jarohat olib yotqizilgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, uning 27 nafar xodimi ham jarohatlangan. Bundan tashqari, namoyishchilar bir nechta mashinaga zarar yetkazgan va yaqin atrofdagi qator do‘konlarning oynalarini sindirgan. To‘qnashuvlar oqibatida 39 kishi hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 sentyabr kuni Isroilning Tel-Aviv shahrida Eritreyadan kelgan qochqinlar ishtirokida katta tartibsizlik kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Eritreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing