Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi yirik namoyish bo‘lib o‘tdi
Olam
−
23 iyun
9518Kecha, 22 iyun kuni Isroilning Tel-Aviv shahrida mamlakatning Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, namoyishda 150 mingga yaqin odam ishtirok etgan va bu 2023 yilning oktyabr oyidan beri kuzatilgan eng yirik qarshilik harakatidir. Namoyish ishtirokchilari ko‘tarib olgan plakatlarda “O‘t ochishni to‘xtating va hayotni saqlab qoling” degan yozuv aks etgan. Namoyishchilarning chaqiriqlari Isroilda bir necha oydan beri davom etayotgan shu kabi mitinglardagi chaqiriqlardan farq qilmadi. Ular Bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatini tanqid qilib, HAMAS tomonidan qo‘lga olingan isroilliklarni o‘lik holda emas, tirik holda qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishishni talab qildi.
Manbaning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida 120 ga yaqin isroillikni ushlab turishda davom etmoqda. Biroq, “The Wall Street Journal” nashri asirlardan faqat 50 ga yaqini tirik bo‘lishi mumkinligini yozgan.
Namoyishlar fonida Isroilning uchta yirik jamiyatlaridan biri bo‘lgan “Shin Bet” tashkilotining sobiq rahbari Yuval Diskin Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni mamlakat tarixidagi “eng yomon va eng muvaffaqiyatsiz bosh vazir” deb atadi. 2005 yildan 2011 yilgacha “Shin Bet” razvedka agentligi boshlig‘i lavozimida ishlagan Diskin imkon qadar tezroq saylovlar o‘tkazilishini talab qildi.
"Ko‘p vaqtdan beri men namoyishlarga qo‘shilish so‘rovlarini rad etib kelayotgandim. Ichimdagi bir narsa menga hali vaqt emasligini, balki urush paytida hukumatni o‘zgartirish to‘g‘ri emasligini va birdamlik eng muhim ekanligini aytdi. Ammo men har kuni hukumatning foydasiz ish qilayotganini bilaman. Shu o‘rinda hukumatning to‘liq g‘alaba haqidagi yolg‘oni hayratga soladi”, degan Diskin “The Times of Israel”ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil sobiq mudofaa vaziri va bosh vazir o‘rinbosari Benni Gans iste’foga chiqishini, ya’ni Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning harbiy idorasini tark etishini e’lon qilib, Bosh vazirni G‘azo sektori uchun urushdan keyingi strategiyani ishlab chiqish zaruratidan shaxsiy va siyosiy manfaatlarini ustun qo‘yganlikda ayblagandi. Sal o‘tib Netanyaxu harbiy hukumatni tarqatib yubordi.
LiveBarchasi