Isroilda COVID-19 ga qarshi ommaviy emlanishni Bosh vazir boshlab berdi

Olam

image

Isroilda bugun, 20 dekabrdan koronavirusga qarshi emlash milliy kampaniyasi boshlandi. Bu haqda “Haaretz”xabar berdi.

Mamlakatda birinchi bo‘lib Bosh vazir Binyamin Netanyaxu koronavirusga qarshi emlandi. U Tel-Aviv yaqinidagi shifoxonada omma oldida emlandi. Undan keyin Sog‘liqni saqlash vaziri Yuliy Edelshteyn vaksinani qabul qildi. Jarayon televideniye orqali jonli efirda namoyish qilindi.

Isroilda aholini emlash uchun Pfizer va BioNTech kompaniyasi ishlab chiqargan vaksinadan foydalanilyapti. Hozircha mamlakatga 500 ming doza vaksina olib kelingan.

Birinchi bosqichda tibbiyot xodimlari, 60 yoshdan oshganlar va xavf guruhiga kiruvchilar emlanadi. Shuningdek, Prezident, Bosh shtab boshlig‘i va Isroil kabinetining boshqa a’zolari kabi yuqori martabali amaldorlar birinchi o‘rinda emlanishi kutilmoqda. Keyin o‘qituvchilar va boshqalar emlanadi.

Vaksinalash boshlanganiga qaramay, Netanyaxu mamlakatda koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Xususan, Bosh vazir Buyuk Britaniya va Janubiya Afrikada koronavirusning yangi turi aniqlangani sababli xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, koronavirusga qarshi ommaviy emlash Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy va Kanadada boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing