Isroil yolg‘iz kurashish uchun yetarli kuchga ega – Netanyaxu 

Olam

image

Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti tufayli xalqaro tanqidlar ostida qolgan Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklar kerak bo‘lsa, yakka o‘zi jang qilishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 may kuni kechqurun e’lon qilingan videomurojaatida so‘z ochdi.

"Agar o‘zimiz uchun yolg‘iz turishimiz kerak bo‘lsa, demak, o‘zimizni o‘zimiz himoya qilamiz. Kerak bo‘lsa, tish-tirnog‘imiz bilan kurashamiz va g‘alaba qozonamiz", degan Netanyaxu. 

Qayd etish joizki, AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil G‘azo sektorining boshqa hududlarida urushlardan qochgan milliondan ortiq qochqinlar to‘plangan Rafah shahrida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlasa, Isroilga harbiy ta’minotni yanada qisqartirish bilan tahdid qilgan.

"Agar Isroil harbiylari shaharning aholi zich joylashgan hududlariga kirsa, qurol-yarog‘ yetkazib berish qisqartiriladi. Keng ko‘lamli bosqin uchun qurol yetkazib berilmaydi",  deya ogohlantirdi Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Bunga javoban Netanyaxu 1948 yildagi Isroil mustaqillik urushini yodga oldi.

"76 yil oldin mustaqillik urushida ko‘pchilikka qarshi qurolimiz yo‘q edi, hatto Isroilga qarshi qurol embagrosi ham bor edi, lekin bunga qaramay biz g‘alaba qozondik", deydi Isroil Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlagan edi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing