Isroil yana Livan janubiga havo hujumlari uyushtirdi
Olam
−
28 mart
1035Isroil Harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Livan janubidagi “Hizbulloh” guruhining harbiy ob’ektlariga hujum qildi. Bu haqda “Al Jadeed” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Isroil kuchlari tomonidan Ayta ash-Shaab, Arnun, Zutar va Kfar-Tebnit aholi punktlari kuchli zarbalarga uchragan, u yerdan vayron bo‘lgan binolar haqida xabarlar kelgan.
“Mahalliy fuqaro mudofaasi xodimlari jabrlanganlarni qidirish uchun vayronalarni tozalashmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, zarbalardan biroz vaqt o‘tgach Isroil armiyasi Bayrutning janubiy chekkalari aholisini shoshilinch ravishda ogohlantirgan.
“Siz “Hizbulloh” ob’ektlariga yaqinsiz. O‘z xavfsizligingiz va oilalaringiz xavfsizligi uchun ko‘chishga majbursiz”, deyilgan ogohlantirishda.
Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaramay, Isroil armiyasi Livan janubidagi bir qancha hududlarga havo hujumlarini amalga oshirgandi.
LiveBarchasi