Isroil vaqtinchalik gumanitar sulh taklifini rad etadi – Netanyaxu
Olam
−
04 noyabr 2023
3908Isroil shiddatli hujum uyushtirayotgan G‘azo sektorida HAMAS tomonidan ushlab turilgan mahbuslarni ozod qilmasdan, vaqtinchalik gumanitar sulh tuzish taklifini rad etdi. Bu haqda kecha, 3 noyabr kuni mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Netanyaxu AQSHning vaqtinchalik gumanitar sulh haqidagi taklifini tilga olmay, HAMASga qarshi kurashda “bor kuchi bilan davom etishini” ta’kidlagan.
“Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilmasdan, vaqtinchalik gumanitar sulhni rad etadi. Biz yoqilg‘ining G‘azoga kirishiga ruxsat bermaymiz va pul o‘tkazilishiga qarshimiz”, deya qo‘shimcha qilgan Bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 noyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida uchinchi marta Isroilga borgan, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu, Prezident Isxaak Gersog va boshqa rasmiylar bilan uchrashgandi. Blinken Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga G‘azo sektoridagi falastinlik tinch aholi o‘rtasidagi talofatlarni minimallashtirishga qaratilgan "aniq qadamlar"ni taklif qilganini bildirgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr