Isroil o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarini boshlaydi

Olam

image
Tez kunlarda Isroil o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarini boshlaydi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligining Facebook sahifasida xabar berilgan.
 
Ta’kidlanishicha, sinovlar 1 noyabrdan boshlanadi. 
 
Ma’lumot uchun, 18 sentyabrda Isroil qayta karantin joriy qilgan. 25 sentyabrda uni kuchaytirgan.
 
Unga ko‘ra, fuqarolar uylaridan zarur sabablarsiz chiqishi, mehmonga borishi, guruh bo‘lib yig‘ilishi taqiqlanadi. 
 
Isroilda koronavirusga chalinganlar 310 mingdan oshgan. 2 ming 397 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. 
 
Dunyoda 43 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. 31 milliondan ko‘p bemor sog‘ayib ketgan. 1 milliondan ziyod odam vafot etgan. 
 
Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bor Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing