Putin xushxabarni yetkazdi. Dunyoda birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Olam

image

Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda RF Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

"Menga ma’lum bo‘lishicha, bugun ertalab dunyoda ilk bor yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi", degan Putin.

Shuningdek, Putin hukumatga bepul vaksinatsiya o‘tkazish va aholining 60 foizini kuz-qish mavsumi oldidan grippga qarshi emlashga ko‘rsatma bergan.

Grippga qarshi emlashda xavf guruhiga kiruvchi 75 foiz odam qamrab olinishi kerakligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Putin vaksinatsiya qilish jarayonida ixtiyoriylik prinsipini unutmaslikka chaqirdi. Prezident vaksina olish odamlarning o‘z xohishi ekanini, ammo keyin ular o‘zi va oila a’zolari salomatligi uchun javobgar bo‘lishini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksina Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan. Uning sinovida qatnashgan barcha ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

1009

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing