O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash va vaksina sotib olishga 3 trln ajratmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larining cheklangan miqdoriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlariga 3 trln so‘m ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasida aytilgan. Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Ushbu Qonun bilan belgilangan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan faqat 2021 moliya yili davomida foydalaniladi.

2021 moliya yili oxirigacha foydalanilmagan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.

Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan joriy yil uchun sohani rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, shuningdek yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish faqat ularning O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori doirasida amalga oshiriladi.

Bunda, birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zlarining joriy xarajatlar tarkibidagi dasturiy va boshqa xarajatlariga ajratiladigan mablag‘larni qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga ajratiladigan mablag‘larni boshqa birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga vakolat beriladi.

Qonun bilan respublika byudjetidan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar cheklangan miqdorlari 3,43 trln so‘m etib belgilanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus vaktsinasi Davlat byudjeti 2021

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing