Isroil Tulkarmda reyd o‘tkazdi

Olam

image

Bugun, 3 avgust kuni Isroil xavfsizlik kuchlari G‘arbiy Sohildagi Tulkarm shahri hududida operatsiya o‘tkazmoqda. Bu haqda “Ynet” portali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, SAXAL Tulkarm yaqinidagi Nur ash-Shams qochqinlar lagerida harakatlanayotgan mashinaga hujum qilgan. Ushbu hududda olti soat ichida ikki marta havo kuchlaridan zarba berilgan. Oqibatda ichida besh kishi bo‘lgan avtomobil yo‘q qilingan. Ular orasida yuqori martabali rahbarlar ham bo‘lgani aytilmoqda.

“Hujum uchuvchisiz havo vositasi yordamida amalga oshirilgan va jasadlarning qoldiqlari kuyib ketgan”, deydi hukumat shifoxonasi direktori doktor Amin Xader.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Al Jazeera” telekanali muxbiri Ismoil va operator Rami G‘azo sektoridagi Ash-Shati qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgandi.

Zumrad Zaripova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil TsAXAL Tul'karm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing