Isroil to‘xtamasa, AQSHga yomon bo‘ladi - Eron

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon G‘azo sektoriga hujumlar davom etsa, AQSH uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi. 

“Agar G‘azo sektorida zudlik bilan urush to‘xtatilmasa hamda AQSH va sionistik rejimning tezkor hujumlari davom etsa, oqibatlari og‘ir bo‘ladi”, dedi vazir.

Shuningdek, mahalliy nashrga ko‘ra, Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kananiy ham Amerikaning G‘azodagi falastinliklarni qirg‘in qilishda Isroilni qo‘llayotganini tanqid qildi. 

Kananiy Qo‘shma Shatatlarning ushbu harakatini takabburlik, deb atadi va X tarmog‘ida Eron oyining 13-kuni “Global takabburlikka qarshi milliy kun” sifatida qayd etilgani haqida post qoldirdi.

“Isroil qamaldagi hududni so‘nggi 29 kun davomida havodan, yerdan va dengizdan bombardimon qilganini hisobga olsak, bu kunni “xalqaro va global” voqeaga aylantirish zarur”, dedi u.

Kananiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ma’muriyatining qo‘llab-quvvatlashi bilan G‘azoda mazlum Falastin xalqiga qarshi urush jinoyatlari va genotsidlar sodir etilmoqda. 

Shuningdek, u Isroil BMT Bosh Assambleyasidagi 120 davlatning ovozini va dunyoning G‘azodagi himoyasiz aholiga qarshi shafqatsiz hujumlarga chek qo‘yish talabini ham mensimayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot uchun, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 9 ming 488 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Turkiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari Falastin-Isroil mojarosini hal qilish uchun xavfsizlikka kafillik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing