Isroil Tramp g‘alabasidan keyin AQSH bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
Olam
−
14 noyabr
1993Isroil rasmiylari respublikachi Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin AQSH bilan Yaqin Sharqdagi hamkorlikni kengaytirishga umid qilmoqda. Bu haqda Isroilning iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish bo‘yicha maxsus vakili Gideon Bexar "Bloomberg" agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz uning barqarorligini mustahkamlash uchun mintaqadagi [AQSH bilan] hamkorligimizni kengaytirmoqchimiz. Biz AQSH bilan barcha jabhalarda, jumladan, iqlim, suv, qishloq xo‘jaligi va qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha hamkorlik qilish niyatidamiz”, dedi u.
Bexar, xususan, ichimlik suvi yetishmasligiga qarshi kurashish va oziq-ovqat xavfsizligi kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish mumkinligini ta’kidladi. Bundan tashqari, isroillik diplomatning eslatishicha, Tramp prezidentligining birinchi muddati 2020 yilda AQSH vositachiligida yahudiy davlati va qo‘shni davlatlar – BAA va Bahrayn o‘rtasidagi munosabatlarni me’yorlashtirgan kelishuvlar imzolanishi bilan esda qolgan.
Shu munosabat bilan Bexar Trampning Oq uyga qaytishi mintaqadagi boshqa davlatlar bilan ham xuddi shunday hujjatlar imzolanishi bilan belgilanishiga umid bildirdi.
Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Demokratik partiya vakili, AQSH vitse-prezidenti lavozimini egallab turgan Kamola Harrisni mag‘lub etdi. Bundan tashqari, respublikachilar AQSH Senati ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ldi. Trampning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi