Isroil tomonidan o‘ldirilgan falastinliklar soni rekord darajaga yetdi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektorida harbiy amaliyot boshlanganidan beri halok bo‘lgan falastinliklar soni 31 mingdan oshdi, 72,6 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. Bu ma’lumotlar bugun, 10 mart kuni Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

“O‘tgan yilning oktyabr oyidan hozirgacha Isroilning G‘azodagi genotsidi qurbonlari soni 31 045 kishini tashkil etdi, yana 72 654 kishi jarohat oldi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, “birgina so‘nggi 24 soat ichida bombardimonlar oqibatida 85 kishi halok bo‘lgan, yana 130 kishi yaralangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoda 23 kishi ochlik va tashnalikdan halok bo‘lgani, shuningdek, samolyotdan yordam tushishi oqibatida yana besh kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo falastinlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made