Isroil Suriyaga aviazarba berdi
Olam
−
15 aprel 2022
12747Isroil harbiy havo kuchlari bugun, 15 aprel kuni kechqurun Damashq chekkasida Eronning havo hujumidan mudofaa moslamalari va radarlari o‘rnatilgan joyga hujum qildi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali ma’lum qilgan.
Suriya armiyasi tomonida jang qilayotgan shia “Hizbulloh” otryadlari bazasiga Eron dronlarining bir qismini yetkazgan harbiy karvonga ham zarba berilgan. Guvohlarga ko‘ra, poytaxtning janubi-g‘arbiy chekkasida bir necha kuchli portlashlar eshitilgan.
“Isroilning tajovuzkor harakati natijasida moddiy zarar yetkazildi, suriyalik harbiylar va tinch aholi vakillari orasida qurbonlar yo‘q”, deyilgan xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 aprel kuni Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Xama markazi (Damashqdan 220 km uzoqlikda) osmonida Isroilning raketa hujumini qaytardi. Zarbalar Livan havo hududidan berilgan.
Xama provinsiyasiga qilingan hujum Isroilning yil boshidan beri Suriyaga qarshi sakkizinchi tajovuzkor harakati bo‘lgan.