Isroil Suriya va Livanga zarba berdi

Olam

image

30 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil ikki marta Suriyadan nishonga olingani haqida xabar berdi. Isroil armiyasi bunga javoban o‘q uzdi. Bu haqda mamlakat mudofaa kuchlari ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Suriya hududidan Isroil tomon bir necha marta snaryadlar uchirilgan. Snaryadlar ochiq maydonga tushgan. Isroil mudofaa kuchlari uchirilgan pozitsiyalarga javoban o‘q uzgan.

Bundan tashqari, mamlakat mudofaa kuchlari Isroil hududi tomon raketa uchirilishiga javoban Livandagi “Hizbulloh” infratuzilmalariga havo hujumlarini amalga oshirgan.

Urilgan nishonlar orasida “Hizbulloh”ning qo‘mondonlik, nazorat infratuzilmasi va boshqa harbiy ob’ektlari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil havo kuchlari samolyotlari blokada ostidagi G‘azo sektorida joylashgan yana bir masjidni bombardimon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing