Isroil Suriya poytaxtiga havodan zarba berdi

Olam

image

Isroil kuchlari Suriya poytaxti Damashqqa havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda harbiy manbalarga tayanib, “SANA” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, hujum mahalliy vaqt bilan soat 00:15 da sodir bo‘lgan. O‘qqa tutilish oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.

Harbiylarning aytishicha, Suriya havo mudofaasi raketalarning bir qismini urib tushirgan. Biroq hujum oqibatida moddiy zarar yetkazilgan.

Isroil rasmiylari hozircha ushbu holatga izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, Damashq va uning atrofida Bashar Asad rejimi kuchlaridan tashqari Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi nazoratidagi terrorchilik guruhlari, shuningdek, “Hizbulloh” harakati jangchilari joylashtirilgan. 2011 yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri Isroil vaqti-vaqti bilan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar joylashgan hududlarni, shuningdek, Bashar Asad rejimining harbiy ob’ektlarini o‘qqa tutib keladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Isroil tomonidan Suriyadagi Aleppo xalqaro aeroportiga ikkita raketa zarbasi berilgan, bu Isroil kuchlarining olti oy ichida havo transporti ob’ektiga uchinchi hujumi bo‘lgandi. Keyinchalik Damashqqa havo hujumi uyushtirilgan, oqibatda 2 askar jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Bashar Asad havo hujumi Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing