Isroil supermarketlari Erdo‘g‘an sabab Turkiyaga qarshi qadam tashladi
Olam
−
01 noyabr 2023
39378Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Falastinning HAMAS radikal harakatini terrorchi guruh deb belgilashdan bosh tortgani uchun Isroilning ko‘plab supermarketlar tarmog‘i Turkiyadan import qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Isroilning “Haaretz” gazetasi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning eng yirik supermarketlar tarmog‘i Shufersal, shuningdek, uning raqobatchilari Rami Levy va Yochananof turk mahsulotlaridan bosh tortgan. Qayd etilishicha, ular bu qarorni kuchli jamoatchilik bosimi sabab qabul qilgan. Xususan, Rami Levy tarmog‘i turk pomidorini Isroilnikidan afzal ko‘rganlikda ayblangan.
“Chakana sotuvchilar endilikda iste’molchilar turk pomidorlarini taqiqlangan deb hisoblashlarini tushungan ko‘rinadi”, deyiladi gazetada.
Kichikroq importchilar yirik bozor ishtirokchilaridan o‘rnak olishdi. Bu qisman, nashrning aniqlik kiritishicha, 7 oktyabr voqealaridan keyin kosher mahsulotlarining barcha inspektorlari Turkiyani tark etgani sababli sodir bo‘ldi.
“Haaretz” nashriga ko‘ra, Turkiya oxirgi yillarda Isroilning asosiy eksportchilaridan biriga aylangan. 2022 yilda tegishli reytingda Xitoy, AQSH, Shveysariya va Germaniyadan keyin beshinchi o‘rinni egallagan.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 25 oktyabr kuni Anqara HAMASni terrorchi tashkilot deb hisoblamasligini aytdi. Parlamentdagi chiqishi chog‘ida u HAMAS o‘z yerlarini himoya qilish uchun kurashayotgan ozodlik va mujohidlar guruhi ekanligini ta’kidladi. Bunga javoban Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Turkiya rahbarini HAMAS tarafdorlarini o‘z mamlakatiga olib borishni taklif qildi. Buning ortidan Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen o‘z mamlakati ikki tomonlama munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun Turkiyadan diplomatlarini zudlik bilan chaqirib olishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi