Isroil samolyotlari G‘azodagi yana bir masjidni bombardimon qildi
Olam
−
30 Oktabr 2023
7877Isroil havo kuchlari samolyotlari blokada ostidagi G‘azo sektorida joylashgan yana bir masjidni bombardimon qildi. Bu haqda G‘azo Ichki ishlar vazirligi yozma bayonotida aytildi.
Bayonotda Isroil harbiy samolyotlarining G‘azo sektori shimolidagi Beyt Lahiya shahrida joylashgan Muhammad Fatih masjidiga havo hujumi uyushtirgani qayd etilgan.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida masjid butunlay vayron bo‘lgan. Jarohatlanganlar ham bor.
G‘azodagi Vaqf ishlari vazirligi 30 dan ortiq masjid hujumlar nishoniga aylangani, ularning ba’zilari butunlay vayron bo‘lgani, qolgan qismi esa jiddiy zarar ko‘rgani haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridagi yunon pravoslav cherkoviga ham hujum qilgandi. Bundan oldinroq Isroil G‘azodagi “Es-Susi” "Al-Yarmuk”, “Al-Emin Muhammad”, “Ahmad Yasin”, “Muhammad El-Habib” va “Al-G‘arbi” masjidlariga zarba bergandi.
LiveBarchasi