Isroil Rossiya elchisini TIVga chaqirtirdi

Olam

image

Rossiyaning Isroildagi elchisi Anatoliy Viktorov Quddusdagi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga tanbeh berildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi

Elchining TIVga chaqirtirilishiga Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Mariya Zabolotskayaning HAMASning G‘azo sektoridagi jinsiy jinoyatlari haqidagi BMT hisobotini qo‘shimcha tekshirishni talab qilgani sabab bo‘ldi. 

Gap shundaki, Mariya Zabolotskaya 11 mart kuni bo‘lib o‘tgan BMT yig‘ilishida xalqaro tashkilotning jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakili Pramila Pattenning HAMAS tomonidan G‘azo sektorida garovda saqlanayotganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qo‘llangani haqidagi hisobotini shubha ostiga olgan. 

“Bizga ma’lum bir mandat kontekstidan faqat qisman ma’lumot taqdim qilinmoqda va unga javob berish so‘ralmoqda”, degan diplomat BMT yig‘ilishida.

Bu esa yahudiy davlatining g‘azabiga sabab bo‘lgan. Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Katsning ko‘rsatmasi bilan Rossiya elchisi Anatoliy Viktorov 15 mart kuni tushdan keyin Quddusdagi yig‘ilishda qatnashgan.

“Rossiya Isroil va HAMAS o‘rtasida chizmoqchi bo‘layotgan sun’iy tenglikni qabul qilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Rossiya garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirmaydi va Isroil buni jiddiy qabul qiladi”, degan Isroil rasmiylari.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Isroilning Moskvadagi elchisi Simona Galperin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Isroil Anatoliy Viktorov Mariya Zabolotskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing