Isroil Rafahga hujumlarini davom ettirishga qaror qildi (video)

Olam

image

HAMAS Qatar va Misr tomonidan taqdim etilgan sulh takliflarini ma’qullaganini aytganiga qaramay, Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi G‘azo sektoridagi ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan Rafahga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rafahga hujumlarni davom ettirish haqidagi bir ovozdan qaror "isroillik asirlarni ozod qilish va urush maqsadlariga erishishni maqsad qilgan". Bayonotda aytilishicha, HAMAS tomonidan qabul qilingan taklif Tel-Aviv ma’muriyatining "shartlaridan uzoq", biroq Isroil mahbuslarni almashish kelishuvini muhokama qilish uchun vositachilar bilan uchrashish maqsadida Qohiraga delegatsiya yuboradi.

Boshqa tomondan, guvohlarning xabar berishicha, Isroil harbiy samolyotlari va artilleriyasi Rafah shahrining sharqiy qismini intensiv ravishda bombardimon qilgan, chegara yaqinida joylashgan hududlarda harbiy texnika harakati kuzatilgan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu telefon orqali muloqot qilib, mintaqadagi so‘nggi voqealarni muhokama qildi. Suhbatning asosiy mavzusi G‘azodagi so‘nggi vaziyat va Isroilning Rafahga yaqinlashayotgan hujumi bo‘ldi.

Prezident Bayden avvalgi bayonotlarida taxminan 1,5 million falastinlik Rafahdan boshpana topganini qayd etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH hozirgi sharoitda Isroilning bu shaharga quruqlikdan hujumini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Boshqa tomondan, Netanyaxu amaldagi sulh bitimining natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yaqinda Rafahga quruqlikdan hujum boshlashini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing