Isroil Prezidenti Markaziy Osiyoga keladi

Olam

image

Isroil Prezidenti Isxak Gersog bir yil ichida Qozog‘istonga keladi. Bu bo‘yicha bugun, 20 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Isroil Prezidenti Isxak Gersog o‘rtasidagi telefon muloqotida kelishib olindi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat Isroil tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.  Isxak Gersog Qosim-Jomart To‘qayevni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklagan.

Davlat rahbarlari Qozog‘iston va Isroil o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilib, o‘zaro manfaatli ikki tomonlama munosabatlarni bundan buyon ham yuqori darajada saqlashga tayyor ekanini tasdiqlagan.

“Isroil Prezidenti bir yil ichida Qozog‘istonga tashrif buyurishi haqida kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Isroil Qosim-Jomart To'qaev Itsxak Gertsog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing