Isroil minglab qochqinlar joylashgan maktabni bombardimon qildi
Olam
−
04 noyabr 2023
6951Isroil havo kuchlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligiga qarashli (UNRWA) G‘azo shimolidagi maktab binosiga raketa otdi. Bu haqda WAFA agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, as-Saftaviy hududidagi maktab minglab ko‘chirilganlar uchun boshpana vazifasini o‘tagan. Maktabga qilingan hujum oqibatida bino ichida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan.
“Al Jazeera” telekanaliga ko‘ra, maktab binosining bombardimon qilinishi oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar yaralangan.
2 noyabr kuni UNRWA Bosh komissari Filipp Lazzarini CNN telekanaliga Isroil havo kuchlarining G‘azo shimolidagi Jabaliyadagi BMT maktabiga uyushtirgan hujumida 20 dan ortiq odam halok bo‘lganini aytgan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, atigi bir kun ichida UNRWA’ning uchta maktabi bombalangan, ularda 20 mingga yaqin odam boshpana topgan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentligining ma’lum qilishicha, hozirda G‘azo sektori bo‘ylab 149 ta joyda 690 ming ichki ko‘chirilganlar boshpana topgan. Taxminan 160 ming kishi anklav shimolidagi 57 boshpanada qolmoqda va UNRWA janglar tufayli hozirda ularga xizmat ko‘rsata olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi saraton kasalligiga chalinganlar davolanadigan Turkiya-Falastin do‘stlik shifoxonasiga hujum qilgandi. 31 oktyabr va 1 noyabr kunlari Isroil harbiy-havo kuchlari Jabaliya qochqinlar lageriga hujum қилди.