Isroil Madrimovning chempionlik jangi bekor qilindi

Sport

image

Joriy yilning 8 mart kunida o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov birinchi o‘rta vazn Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq o‘zbekistonlik bokchining tibbiy nazorat natijalari ijobiy chiqmaganligi bois jang bekor qilindi. Bu haqda Britaniya boks nazorati kengashi ma’lum qildi.

QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, Madrimov O‘zbekistonda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va unga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan. Hozirda Madrimovning menejerlari jangni tezroq o‘tkazish ustida ish olib bormoqda.

Qayd etish joiz, Madrimov va Qurbonov superog‘ir vazn toifasidagi bokschilar britaniyalik Entoni Joshua va kamerunlik Fransis Ngannu o‘zaro to‘qnash keladigan turnirda hisob-kitob qilib olishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik yana bir professional bokschi Odiljon Aslonov profringdagi navbatdagi g‘alabasiga erishgani xabar qilingandi.

Aslonov “IBA chempionlar oqshomi”da jang qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Magomed Qurbonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing