Isroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni, Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Madrimovning  murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Madrimov 2026 yilning 24 yanvar kuni Las-Vegasda o‘tkaziladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Ammo hozircha Madrimovga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, o‘sha kuni Matchroom Boxing kompaniyasi Las-Vegasda boks oqshomi tashkil etadi. Kechaning markaziy jangida IBF kamari sohibi Raymond Muratalla Endi Krusga qarshi himoya jangini o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov WBAning noyabr oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingda 7-o‘rini egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov WBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing