Isroil Madrimov The Ring reytingida afsonaviy Krouforddan keyingi o‘rinni qayd etdi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov The Ring reytingida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda “The Ring” jurnali xabar berdi.

Madrimov reytingining yangilanishi uning hozirda reytingda yuqori pog‘onani egallab turgan Terens Kroufordga qarshi so‘nggi jangidan so‘ng kuzatildi. Ya’ni reytingning peshqadamligi Madrimov ustidan ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan Kroufordda qoldi.

The Ring reytingidan joy olgan top o‘ntalikka kirgan bokschilar:

  • 1. Terens Krouford (AQSH)
  • 2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston)
  • 3. Sebastyan Fundora (AQSH)
  • 4. Virjil Ortis (AQSH)
  • 5. Tim Szyu (Avstraliya)
  • 6. Sergey Bogachuk (Ukraina)
  • 7. Erikson Lubin (AQSH)
  • 8. Xesus Ramos (AQSH)
  • 9. Charlz Konuell (AQSH)
  • 10. Brayan Mendoza (AQSH).

Eslatib o‘tamiz, vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingiga kirish uchun o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahridagi 22 ming tomoshabin sig‘imiga ega “BMO Stadium” arenasida kechaning markaziy jangida amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarildi. Kaliforniya shtatida o‘tgan boks oqshomida Madrimov afsonaviy Kroufordga ochkolar (115-113, 115-113, 116-112) hisobiga mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Terens Krouford The Ring

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made