Isroil kuchlari G‘azodagi masjidni vayron qildi

Olam

image

Isroil havo hujumlari oqibatida G‘azo sektori g‘arbidagi “Al-Yarmuk” masjidi vayron qilindi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Bildirilishicha, Shu tariqa, blokadadagi G‘azo sektorida Isroil hujumidan vayron bo‘lgan masjidlar soni to‘rttaga yetdi. Isroil armiyasi bir kechada G‘azo sektoriga 500 dan ortiq havo hujumi uyushtirgan. Buning davomida Isroil El-Emin Muhammad, Ahmad Yasin va Muhammad El-Habib masjidlariga hujum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqso toshqini” operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgandi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. O‘z navbatida, Isroil armiyasi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda G‘azo sektoriga hujumlar boshlanganini ma’lum qildi. G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumlarida 436 kishi, jumladan 91 bola halok bo‘lgan va 2270 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, 7 oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda 15 nafar falastinlik Isroil o‘qlaridan halok bo‘ldi. Shuningdek, Isroil matbuoti 700 kishi halok bo‘lgani va 2300 dan ortiq isroillik jarohat olgani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing