Isroil kemasiga Eron uchuvchisiz samolyoti hujum qildi

Olam

image

Hind okeanida isroillik milliarderga tegishli konteyner kemasiga Eronning uchuvchisiz samolyoti hujum qildi. Bu haqda anonim shartlar asosida gapirgan AQSH Mudofaa vazirligi vakiliga tayanib, “Associated Press” agentligi xabar berdi

Pentagon rasmiysiga ko‘ra, Hind okeanining xalqaro suvlarida Malta bayrog‘i ostida suzib ketayotgan kemaga Eronda ishlab chiqarilgan Shahed 136 tipidagi uchuvchisiz samolyot hujum qilgan.

“Dron portlab, kemaga zarar yetkazdi, biroq ekipaj a’zolaridan hech kim jabrlanmadi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz”, degan AQSH rasmiysi.

Biroq u AQSH harbiylari hujum ortida Eron turganini baholash uchun qanday razvedka ma’lumotlarini to‘plagani haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, hujumga uchragan CMA CGM Symi nomli kema isroillik milliarder Idan Ofer tomonidan boshqariladigan Singapurdagi Eastern Pacific Shipping kompaniyasiga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, 19 noyabr kuni Eronga aloqador deb ko‘riladigan Yamandagi husiylar Qizil dengizda Isroil kemalariga hujum qilish bilan tahdid qilgandi. Keyinroq ular Adan ko‘rfazi suvlarida bortida 22 ekipaj a’zosi bo‘lgan “Galaxy Leader” yuk kemasini qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron kema Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing