Isroil Ilon Mask bilan kelishuvga erishdi

Olam

image
Antisemitizmda ayblangan Ilon Mask Isroilga boradi north_east

Antisemitizmda ayblangan Ilon Mask Isroilga boradi

Amerikalik milliarder, biznesmen va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask bugun, 27 noyabr kuni Isroilga bordi. U Bosh vaziri Binyamin Netanyahu hamrohligida HAMASning 7 oktyabr kuni uyushtirgan hujumi oqibatida Isroilning eng ko‘p zarar ko‘rgan aholi punktlaridan biri bo‘lgan Kfar-Aza kibutsiga tashrif buyurdi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri idorasi xabar berdi.

“Netanyaxu Maskga 7 oktyabr kuni kibutsdagi qirg‘inning dahshatlarini ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.

Mask esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Harakatlar so‘zlardan ko‘ra balandroq gapiradi", deya yozib qoldirdi. 

Shuningdek, Isroil Aloqa vaziri Shlomo Karxi va Ilon Mask G‘azo sektorida Starlink sun’iy yo‘ldoshi aloqalaridan foydalanish bo‘yicha kelishib olgani xabar qilindi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kelishuv natijasida Starlink qurilmalari Isroilda ham, G‘azo sektorida ham ishlay oladi.

Ma’lumot uchun, Starlink yuqori tezlikdagi keng polosali sun’iy yo‘ldosh internetga kirishni ta’minlash uchun SpaceX tomonidan joylashtirilgan global sun’iy yo‘ldosh tizimi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida Falastin anklavida aloqa uzilganidan so‘ng, Falastin milliy ma’muriyati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink sun’iy yo‘ldoshlari yordamida G‘azo sektorida aloqani tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi. Keyinchalik Mask sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallarining hech biri AQSH va Isroil hukumatlari bilan kelishmasdan yoqilmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Ilon Mask Starlink Bin'yamin Netan'yahu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made