Germaniya parlamenti oldida Isroil siyosatiga qarşi namoyiş ötkazildi
Olam
−
18:52 531 2 daqiqa
Germaniya poytaxti Berlinda faollar mamlakat parlamenti binosi oldidagi bayroq ustuniga örnatilgan davlat bayroğini Falastin bayroğiga almaştirdi. Ular bu orqali hukumatning Isroilni qöllab-quvvatlaş siyosati va Ğazodagi uruş jinoyatlariga nisbatan sukut saqlayotganini qoralagan. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Mazkur harakat keça, 8 noyabr kuni “Genotsidga qarşi tinçlik yölida” (Peacefully Against Genocide) guruhi faollari tomonidan amalga oşirilgan. Guruh vakillarining bildirişiça, aksiya Falastin xalqi bilan hamjihatlik bildiriş, şuningdek, Germaniya siyosatçilarining inson huquqlarining jiddiy buzilişi va falastinliklarga qarşi genotsidga qarşi çora körmayotganiga norozilik sifatida taşkil etilgan.
Guruh a’zosi Aaronning aytişiça, hukumatlar Falastindagi genotsidga nisbatan sukut saqlaşi, uning sodir etilişiga yöl qöyişi yoki qöllab-quvvatlaşi butun dunyo xalqlari nomidan iş körmayotganini anglatadi.
“Dunyoning qaysi nuqtasida sodir etilişidan qat’i nazar, genotsid barçamizga daxl qiladi. Biz insoniyatga qarşi jinoyatlarni töxtatiş mas’uliyatidan qoçmasligimiz kerak”, deydi u.
Faollar, şuningdek, xalqaro huquq va inson huquqlari barça uçun birdek amal qilişi kerakligini ta’kidlagan.
Berlin politsiyasi ma’lumotiga köra, voqea joyida uç nafar faol qölga olingan. Hozirda ularga nisbatan davlat va uning ramzlarini haqorat qiliş gumoni bilan tergov harakatlari boşlangan.
“Genotsidga qarşi tinçlik yölida” guruhi yaqin kunlarda Germaniya hukumatining Isroilga nisbatan siyosati va qurol yetkazib berişni davom ettirayotganiga qarşi yangi namoyişlar ötkazişini ma’lum qilgan.
Namoyişçilar, xususan, qurol işlab çiqaruvçi Rheinmetall kompaniyasidan Isroilga qurol yetkazib berişni töxtatiş va Berlindagi korxonasini yopişni talab qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Frankfurt şahrida zumerlar harakati tomonidan taşkil etilgan namoyişlar tartibsizliklar va dökonlarning talon-toroj qilinişi bilan yakunlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi