Isroil G‘azodagi Dayr al-Balaxga zarba berdi – OAV

Olam

image

Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektorining markaziy qismidagi Dayr al-Balax shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va mehnat agentligining Yaqin Sharqdagi maktablaridan biri hududiga zarba berdi. Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi. 

Agentlikka ko‘ra, zarbada ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Qurbonlar soniga aniqlik kiritilmagan. Al-Bureyj qochqinlar lagerini portlatish chog‘ida bir necha kishi jarohatlangan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro avj ola boshlaganidan beri 18,7 ming falastinlik, asosan ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Yaradorlar soni 51 mingga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil xavfsizlik bloki quruqlikdagi operatsiya yakunlangach, AQSH, Fransiya va Germaniya ishtirokida G‘azo sektoriga xalqaro kontingentni joylashtirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Dayr al-Balax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing