Isroil Falastinni eng katta qamoqxonaga aylantirdi – Eron

Olam

image
Falastin masalasida koronavirus ham Isroilni to‘xtata olmasligi aytildi north_east

Falastin masalasida koronavirus ham Isroilni to‘xtata olmasligi aytildi

Joriy yilning 10 aprel kuni XAMAS rahbari Ismoil Xaniya bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Eron sud tizimi rahbari Oyatulloh Sayid Ibrohim G‘azo sektorini dunyodagi eng katta qamoqxona deb atadi. Bu haqda Eronning "Mehr News" agentligi xabar berdi.

"Bugungi kunda sionist rejim qamoqxonalarida 5 800 falastinliklar, shu jumladan, 200 dan ortiq ayollar va bolalar bor. Isroil butun Falastinni qamoqxonaga aylantirdi", deydi Ibrohim. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin bosqinchilar qurshovida ekanligi haqida hech bir musulmon tushunmaydi. Sayid Ibrohim Isroil hukumati tomonidan o‘rnatilgan cheklovlar ostida Falastindagi tibbiy buyum va uskunalar yetishmasligini aytib, Isroil rejimining choralarini "insoniyatga qarshi jinoyat" deb atadi.

Shuningdek, u Falastindagi vaziyat va Isroil rejimining shafqatsizligi, xususan, halokatli koronavirus falastinliklar hayotiga katta xavf tug‘diradigan holatlarda xalqaro hamjamiyatni jim turishini tanqid qildi.

Avvalroq, mart oyi oxirida XAMAS harakati rahbari yangi koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashda Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, u AQSHning Eron xalqiga nisbatan qattiq sanksiyalarini qoraladi va ushbu cheklovlarni olib tashlash zarurligini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Falastinda 268 nafar koronavirusga chalingan odam qayd etilgan. Ularning 46 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan, 2 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Falastin Isroil Koronavirus

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing