Falastin masalasida koronavirus ham Isroilni to‘xtata olmasligi aytildi
Olam
−
31 mart 2020
5806Koronavirus Isroilga Iordan daryosining g‘arbiy sohillarida aholi punktlarini qurish ishlarini davom ettirishga to‘sqinlik qila olmaydi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytildi.
Bugun, 31 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq, jumladan, Falastin masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hatto koronavirus ham Isroil tomoni turar-joy qurish ishlarini davom etishiga, Falastin ko‘chmas mulklarini buzish rejalarini ishlab chiqishga xalaqit bermasligi ta’kidlandi. “Oqibatda to‘qnashuvlar to‘xtamaydi, bu esa falastinliklar orasida qurbonlar bo‘lishiga olib keladi”, deyildi yig‘ilishda.
Ayni damda Falastin va Isroil o‘rtasida mojarolar to‘xtatilgan. Falastinliklar tinchlik jarayoni doirasida ikki suveren davlatning chegarasi 1967 yildagi “olti kunlik urush”gacha bo‘lgan davrdagi holatda bo‘lishini istamoqda. Ular Iordan daryosining G‘arbiy Sohili va G‘azo sektorida o‘z davlatlarini qurishni umid qilmoqda. Sharqiy Quddusni esa uning poytaxtiga aylantirish niyatlari bor. Isroil esa buni istamayapti. Quddusni o‘zlarining bo‘linmas va doimiy poytaxti ekanligini ta’kidlamoqda.