Isroil Falastinda yana “reyd” uyushtirdi

Olam

image

Isroil harbiylari Iordan daryosining bosib olingan g‘arbiy sohilidagi Nablus shahrining tarixiy qismiga navbatdagi “reyd”ni (Isroil tomoni Falastinga qilingan hujumlarni reyd deb ataydi – tahr.) uyushtirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklar va Isroil kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgan. Eski shahar hududidan otishma ovozlari eshitilgan.

Ma’lumot uchun, Falastindagi so‘nggi keskinlik 3 iyul kuni Jenin shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Isroil harbiylari shaharni 48 soat davomida qamal qilib, bir qancha mahallalarga havodan zarbalar bergan. Oqibatda 12 falastinlik halok bo‘ldi, ulardan to‘rt nafari o‘smir bo‘lgan. 120 ga yaqin odam yaralangan, yigirma nafarining ahvoli og‘ir.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning Jeninga hujumidan so‘ng Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati bu “maxsus operatsiya”ni qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi. Turkiya esa Isroilning bu harakatlarini keskin qoralab, zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Shu yilning 5 iyul kuni Jenindan Isroil harbiylari olib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Nablus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing