Isroil-Falastin mojarosida halok bo‘lgan jurnalistlar 35 nafarga yetdi

Olam

image

7 oktyabrdan beri Isroilning kuchli bombardimonlari va blokadadagi G‘azo sektoriga hujumlari oqibatida 35 jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot idorasi ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, hozirgacha 35 nafar falastinlik jurnalist hujumlarda halok bo‘lgan. Ko‘plab jurnalistlar yaqinlarini yo‘qotgan.

Isroil barcha xalqaro ommaviy axborot vositalari xodimlari G‘azo sektori shimolini zudlik bilan tark etishini talab qilgan. Bunga sektordagi mudofaa kuchlarining operatsiyalari ko‘lamini kengaytirishni sabab qilib ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va HAMAS o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan mojaro 22 jurnalistning o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, Save the Children tashkilotiga ko‘ra,  7 oktyabrdan beri G‘azoda kamida 3195 bola halok bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil-Falastin mojarosi halok bo'lgan jurnalistlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing