BMT o‘z xodimlarini ham Isroil vahshiyligidan himoya qila olmayapti – Erdo‘g‘an

Olam

image

Isroilning tinch aholi punktlarini nishonga olgan hujumlarida 16 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi va 36 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. G‘azoda shahid bo‘lgan har 3 kishidan 2 nafari bolalar, go‘daklar va ayollardir. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 4 dekabr kuni Anqaradagi chiqishida so‘z ochdi. 

Uning qayd etishicha, bedarak ketgan g‘azoliklar soni 6500 nafarni tashkil etmoqda. 

“Isroil ta’qibi qurbonlari orasida 73 nafar jurnalist va 100 dan ortiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rasmiylari bor. Shunday holatki, global xavfsizlik va tinchlikni himoya qilish uchun tuzilgan BMT hatto o‘z xodimlarini Isroil vahshiyligidan himoya qila olmayapti”, deydi Erdo‘g‘an.

Uning qayd etishicha, Yevropadan Amerikagacha bo‘lgan inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi kuchlarning ojizligi bundan ham battar. Bu davlatlar tom ma’noda Isroilga ko‘proq bolalarni o‘ldirish, shifoxonalar, maktablar va uylarni bombardimon qilish va ko‘proq begunoh qonlarni to‘kish uchun so‘zsiz yordam bermoqda.

Xalqaro media tashkilotlari, jurnalistlar esa G‘azoda o‘ldirilgan hamkasblari uchun bir jumla ham aytolmayapti, Isroilning insoniyatga qarshi jinoyatini qoralay olmayapti. 

“Ular bizga, barchamizga yillar davomida demokratiya va huquqdan saboq berdi. Har gal so‘z boshlaganlarida matbuot erkinligi haqida gapiradigan ular emasmidi? Jinoyatchi musulmon bo‘lganida butun dunyoni oyoqqa turgizganlar bugun gal Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan vahshiy qirg‘inlarga kelganda ko‘r va kar bo‘lib olgan. 

Prezident Erdo‘g‘anga ko‘ra, Isroil hujumlarida hayotdan ko‘z yumgan begunohlarning o‘limini indamay o‘tkazib yuborishga va hatto HAMASni bahona qilib, jinoyatini qonuniylashtirishga harakat qilganlarning endi insoniyatga aytadigan so‘zi qolmaganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Isroil-Falastin mojarosi G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing