Isroil o‘t ochishda to‘rt soatlik tanaffus e’lon qildi
Olam
−
13 noyabr 2023
3854Isroil mudofaa kuchlari gumanitar maqsadlarda G‘azo sektori janubidagi Misr bilan chegaradosh Rafah shahrida jangovar harakatlarni to‘rt soatga to‘xtatdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi Avixay Edri ma’lum qildi.
“Bugun biz Rafah shahrida kunduzi soat 10:00 dan 14:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 13:00 dan 17:00 gacha) gumanitar maqsadlarda Rafah shahrida harbiy harakatlarni taktik jihatdan to‘xtatamiz”, deb yozdi u arab tilida X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Edri, shuningdek, G‘azo sektorining shimoliy hududlari aholisini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘lak yana mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 16:00 gacha ishlashini aytdi. Marshrut Al-Shifa shifoxonasidan Saloh ed-Din yo‘li bo‘ylab anklav janubiga boradi. Bundan tashqari, Isroil harbiylari Esh-Shati falastinlik qochqinlar lageri aholisiga mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan 16:00 gacha chiqib ketishga ruxsat beradi, SAXAL vakilining so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi to‘liq nazoratni o‘rnatgan.
Yakshanba kuni Edri, shuningdek, Isroil G‘azo sektoridagi Jebaliya qochqinlar lageri hududida oziq-ovqat yetkazib berish va aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar maqsadlarda harbiy amaliyotlarni vaqtincha to‘xtatayotganini aytdi.
U G‘azo sektorining shimoliy hududlari aholisini evakuatsiya qilish uchun 12 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 16:00 gacha Al-Shifa shifoxonasidan Saloh Ed-Din yo‘li bo‘ylab anklav janubiga o‘tish uchun gumanitar yo‘lak ochilganini bildirdi.
Biroq o‘sha kunning o‘zida Isroil uchuvchisiz uchoqlari Al-Shifa tibbiyot majmuasining ichki qismini kuchli o‘qqa tutgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Falastin hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, oqibatda bir necha kishi jarohatlangan va shifoxona binosidan qochishga uringan bir oila Isroil o‘ylari ostida halok bo‘lgan.
LiveBarchasi