G‘arb Isroilga munosabatni o‘zgartirishga kechikdi – Erdo‘g‘an
Olam
−
22 may
4045G‘arb davlatlari Isroilga munosabatini o‘zgartira boshladi va yahudiy davlati global miqyosda tobora yakkalanib qolmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 21 may kuni Budapeshtda o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitidan qaytayotib, samolyot bortida jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Isroil global miqyosda tobora yakkalanib bormoqda. Garchi kech bo‘lsa-da, Yevropa davlatlariga Isroilga qarshi ma’rifat va safarbarlik kelmoqda”, deydi Turkiya Prezidenti.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo fojiasi nafaqat insonparvarlik inqirozi, balki butun dunyo uchun muammo, xalqaro tizimning samimiyligi sinovidir.
“G‘arb tashkilotlari, afsuski, G‘azo sinovidan o‘ta olmadi. G‘azo sinovidan o‘ta olmaganlarga tarix hukm chiqaradi. Biz Turkiya o‘laroq insoniylik, qadr-qimmat tarafidamiz. Mintaqaga gumanitar yordam yetkazish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni davom ettiramiz”, deydi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilning G‘azo sektoriga harbiy hujumi va insonparvarlik yordamini yetkazishdagi cheklovlari sabab keskin choralar ko‘rish bilan tahdid qildi. Buyuk Britaniya Isroilga qarshi sanksiyalar kiritdi va savdo muzokaralarini to‘xtatdi.
LiveBarchasi